1

Farg`onada IIB xodimining mashinasi "Damas" bilan to`qnashdi

Jamiyat 01.12.2022, 22:32
Farg`onada IIB xodimining mashinasi "Damas" bilan to`qnashdi

Joriy yilning 28 noyabr kuni soat 09:30 larda Farg`ona viloyati Rishton tumani, Bo`ston qishlog`ida ketayotgan IIB xodimi leytenant H.M. boshqaruvidagi “Spark” yo`lning nosozligidan texnik shikastlanib, boshqaruvni yo`qotgan.

Shunda yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tib ketgan va buning natijasida, shu yo`ldan harakatlanib kelayotgan “Damas” bilan to`qnashgan. Transport vositalarining xaydovchilari hushyor holatda bo`lishgan.

Sodir etilgan yo`l transport hodisasi oqibatida “Spark”dagi leytenant H.M., “Damas” aydovchisi hamda uning 3 nafar yo`lovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1