8,4 mlrd so`m sarflangan "Onlayn mahalla" platformasi nima sababdan tendersiz berildi?

Jamiyat 01.12.2022, 23:40
8,4 mlrd so`m sarflangan "Onlayn mahalla" platformasi nima sababdan tendersiz berildi?

Avvalroq, Mahallabay ishlash agentligi 8,4 mlrd so`mga sayt buyurtma qilgani haqida xxabar berilgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi bu bo`yicha izoh berdi.

"Mahallabay onlayn platformasini yaratish hukumat qarori bilan Realsoft MChJga topshirilgan. Bu narsa qonunchilik bilan bugungi kunda taqiqlanmagan. Ya`ni "Davlat xaridlari to`g`risida"gi qonunning 71-moddasida, prezidentda va hukumatda shunday vakolatlar bor.

Birgina bu holat emas, statistik ma`lumotlarga ko`proq e`tibor qaratadigan bo`lsak, 2021 yilda ham to`g`ridan-to`g`ri xaridlar soni jami xaridlarning 50 foizidan yuqorisini tashkil qilgan. Ya`ni xalq, jamiyat uchun degan naqldan kelib chiqadigan bo`lsak, bugungi kunda hamma narsa mahallabay ishlash tizimida birinchi navbatda aholiga tezroq o`sha xizmatni etkazib berish uchun shunday qaror qabul qilingan degan xulosa chiqarsak bo`ladi", — dedi Komilov Mirzohid.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, prezidentning 3953-sonli qarorida 44 dan ortiq tovarlar ro`yxati belgilangan. Shu ro`yxatlarga kiritilgan tovarlarni davlat buyurtmachilari tomonidan operativ haridlarni amalga oshirish uchun to`g`ridan-to`g`ri xarid qilishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari mamlakatda ishlab chiqaruvchilar va moliya vazirligi tomonidan yagona etkazib beruvchilar reestri yuritiladi. Mana shu reestrga kiritilgan tadbirkorlik sub`ektlaridan ham to`g`ridan-to`g`ri xaridlar amalga oshiradi. Mana shular jami hisoblaganda 50 foizdan oshiq ko`rsatkichlar kelib chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1