1

Naqd valyuta olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi

Jamiyat 02.12.2022, 00:16
Naqd valyuta olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanadi

Vazirlar Mahkamasining “Hukumat ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e`lon qilindi.

Keltirilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 million so`m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd valyuta yo`lovchi bojxona deklarasiyasini to`ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo`li bilan bojxona nazoratidan o`tkazilishi tartibi belgilangan.

Mazkur tartibga kiritilayotgan o`zgartirishda deklarasiyalash miqdorini 100 million so`m ekvivalentidan ortiq miqdorda etib belgilanmoqda.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklarasiya to`ldirish talab etiladigan belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag`lari deklarasiyalanmagan holda taqdim etilganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklarasiya to`ldirish qoidalari tushuntirilishi tartibi joriy etilmoqda.

Shuningdek, loyiha qabul qilinishi orqali valyuta olib kirish va olib chiqish bilan bog`liq munosabatlar tartibga solinishi, tadbirkorlik sub`ektlariga qulayliklar yaratilishi hamda davlat byudjeti mablag`lari iqtisod qilinishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1