Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti.
"Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, biroq gaz ittifoqini yaratish haqida gap bo`lmadi", degan Qozog`iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.
"Aslida gaz ittifoqi qurish masalasi muhokama qilinmadi. Barcha muhokamalar ikki tomonlama hamkorlik formatida bo`ldi, aytaylik, Qozog`iston Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston va O`zbekiston bilan. Bu uch tomonlama formatda muhokama qilinmagan, biz tizimlarimizning texnik imkoniyatlari – gazni tashish va hokazolarni muhokama qildik”, dedi u hukumatning kengaytirilgan yig`ilishi chog`ida jurnalistlarga.
Vazirning qo`shimcha qilishicha, gaz sohasida hamkorlik masalalari uch tomonning ham muvofiqlashuvini talab qiladi. "Bu ish masalalari, shuning uchun qandaydir birlashma yaratish haqida mutlaqo gap bo`lmadi", deya qo`shimcha qildi u.
15.07.2023, 09:45
Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...01.04.2023, 11:02
Qozog`istonning deportasiya qilingan ikki fuqarosi Janubiy Koreyada qochib ketdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Ma`lumotni Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqlagan.Qozoqlarning qochishi ijtimoiy tarmoqlardan ma`lum...14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...04.02.2023, 11:49
Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...