1

Sobiq MXX binosi o`rnida 22 qavatli mehmonxona quriladi

Jamiyat 01.03.2023, 23:45
Sobiq MXX binosi o`rnida 22 qavatli mehmonxona quriladi

Radisson mehmonxonalar guruhi “Metropol Group” MChJ bilan Toshkentda premium-klassdagi yangi mehmonxona ochish bo`yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda O`zbekiston mehmonxonalar assosiasiyasi ma`lum qildi.

Radisson Collection Hotel nomli yangi otel shahar markazida, Sayilgoh ko`chasidagi (xalq tilida “Brodvei”) sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining bosh binosi o`rnida joylashadi.

Bu erda qurilajak mehmonxona kompleksi yaxlit me`moriy uslubga ega 4 ta binodan iborat bo`lishi, asosiy va eng baland bino 22 qavat bo`lib, unda 27 ming kv.m. maydonga ega Radisson Collection Hotel joylashishi kutilmoqda. Premium toifadagi otel mijozlarga 164 ta xona, xususan prezident lyuks xonalarini taklif etadi.

Majmua hududi jamoat joyi, savdo zonalari, kinoteatr, ofislar, apartamentlar va ko`p qavatli erosti avtoturargohni o`z ichiga oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1