1

Buxoroda 2006 yilda tug`ilgan qizni fohishalikka undagan qiz ushlandi

Jinoyat 02.03.2023, 22:49
Buxoroda 2006 yilda tug`ilgan qizni fohishalikka undagan qiz ushlandi

Buxoro tumani Saxovat mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug`ilgan N.M. ismli ayol joriy yilning 15 fevral kuni Kogon tumani Tutkunda qishlog`ida yashovchi 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qizni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga jalb qilgan holda mijoz sifatida kelgan fuqarodan 1.100.000 so`m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilgan. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1