1

⚡️Farg`onada 20 yoshli o`g`il xotini bilan janjallashgan onasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Jinoyat 07.03.2023, 13:30
Teglar: Video, Kelin, Farg`ona
⚡️Farg`onada 20 yoshli o`g`il xotini bilan janjallashgan onasini pichoqlab o`ldirdi (video)

Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi fuqaro A.R. pichoq bilan onasining elka qismiga qasddan urib, uning o`limiga sababchi bo`lgan. Yigit sal avval ota, marhuma esa buvi bo`lgan edi. 

“O`sha kuni marhuma va kelin o`rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Fuqaro A.R. oilasini bu janjallardan tashqariga olib chiqib ketaman degan maqsadda ko`ch-ko`ronini ko`tarmoqchi bo`lgan. Bizga ushbu oilada janjal bo`layotganini xabar qilishdi. Xotin-qizlar faoli, profilaktika noziri bilan kirib borayotganimizda shu holat yuz berdi”, — deydi mahalla raisi.

Sudlanuvchi ilgari tayinlangan 12 yillik qamoq jazosidan norozi bo`lib, voyaga etmagan farzandi va ikki nafar ukasi borligi, otasini esa kasal deb, apellasiya tartibida shikoyat kiritgan. Farg`ona viloyati sud apellyasiyasi instansiyasida mahkumning shikoyati ko`rib chiqilib, sud hukmi o`zgarishsiz  qoldirilgan.

 

Sharhlar

Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1