U-20 Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma`lum bo`ldi

Sport 14.03.2023, 08:41
U-20 Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma`lum bo`ldi

O`zbekiston mezbonligida o`tayotgan U-20 Osiyo Kubogi—2023 chorak final o`yinlari yakunlandi va yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritgan jamoa ma`lum bo`ldi. Mazkur jamoalar o`z navbatida U-20 Jahon chempionati yo`llanmasiga ham ega chiqdi. Shu tariqa, Indoneziyada bo`lib o`tadigan kichik mundialning barcha ishtirokchilari nomi ma`lum bo`ldi.

Joriy yilning 20 mayida 11 iyuniga qadar davom etadigan musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ular bilan tanishing:

Osiyo: Indoneziya (mezbon), Iroq, Yaponiya, Janubiy Koreya, O`zbekiston;

Afrika: Gambiya, Nigeriya, Senegal, Tunis;

Shimoliy Amerika: Dominikan, Gvatemala, Gonduras, AQSh;

Janubiy Amerika: Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Urugvay;

Okeaniya: Fiji, Yangi Zelandiya;

Evropa: Angliya, Fransiya, Isroil, Italiya, Slovakiya.

Musobaqaga 31 mart kuni qur`a tashlanadi. Qur`a oldidan savatchalar quyidagi ko`rinishni olgan:

Birinchi savatcha: Indoneziya (mezbon), Urugvay, AQSh, Fransiya, Senegal, Italiya;

Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;

Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O`zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;

To`rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Bu Jahon chempionati O`zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixidagi 5-musobaqa bo`ladi. So`nggi bor jamoa 2018 yilgi turnirda ishtirok etgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1