1

Toshkent aeroportida samolyot farroshi yo`lovchining pullarini o`mardi

Jinoyat 14.03.2023, 20:35
Toshkent aeroportida samolyot farroshi yo`lovchining pullarini o`mardi

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida samolyot farroshi yo`lovchi sumkasidagi pullarni o`zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 10 mart kuni soat 23:30 da poytaxt aeroportida sodir bo`lgan. “Olma-Ota–Toshkent” aviareysi bilan uchib kelgan O`zbekiston fuqarosi samolyotda sumkasini unutib qoldirganini va uning ichida 1800 AQSh dollari, 300 ming so`m, bank kartasi, quloqchinlar va telefon quvvatlagichi bo`lganini ma`lum qilgan. 

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari natijasida samolyotlarni tozalash bilan shug`ullanuvchi xususiy klining kompaniyasining ayol xodimi mazkur sumkani o`zlashtirib olgani aniqlangan.

Undan yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Ma`lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1