1

Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi Latviyadan O`zbekistonga ushlab kelindi

Jinoyat 15.03.2023, 15:36
Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi Latviyadan O`zbekistonga ushlab kelindi

Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo`lgan jinoyatchi ekstradisiya qilindi. Bu haqda byuro xabar bermoqda.

Toshkent va Rigada faoliyat yurituvchi Interpol MMBlarning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari tufayli, ikki davlat mazkur tashkilotlarining rahbarlari o`rtasidagi muzokaralar natijasida firibgarlikda ayblanayotgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi O`zbekistonga berildi.

Qidiruvdagi shaxs bir necha yillar davomida jabrlanuvchi Amerika Qo`shma Shtatlariga chiqib ketishni niyat qilganini bilib, AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi sifatida o`zini tanishtiradi va hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o`z xizmatlarini taklif qiladi. Xizmatlari esa tekin bo`lmagan, albatta. Shu tariqa, firibgardan ancha insonlar jabr ko`rdi. Jinoyatchini qo`lga olish oson bo`lmadi, chunki u O`zbekistondan chiqib ketganidan keyin shaxsiy ma`lumotlarini o`zgartirib, xorijiy davlatning soxta pasportidan foydalangan holda, jinoiy faoliyatini davom ettirib, o`zini hamon elchixona xodimi sifatida tanishtirib, barcha xizmatlarni ko`rsatib, firibgarlik yo`li bilan jabrlanuvchilarning pul mablag`larini o`zlashtirib olgan.

Biroq qidiruvda bo`lgan shaxsni aniqlash bo`yicha uzoq davom etgan jarayonga qaramay, uning chet el pasportini soxta, shaxsiy ma`lumotlarini esa haqiqiy emas deb topib, Toshkent va Riga Intnerpolning MMB birgalikdagi sa`y-harakatlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, qo`lga olindi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstradisiya to`g`risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgandan so`ng jinoyatchi Interpol MMB xodimlari hamkorligida adolat qaror topishi uchun O`zbekistonga olib kelindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1