1

Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Siyosat 16.03.2023, 20:35
Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. 

Kecha davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Bugun Anqara shahrida O`zbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo`lib o`tdi. Davlatimiz rahbari o`z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari suridi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

Sammit yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoevni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an kuzatib qo`ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1