Namanganda Telegram kanaliga turli bo`hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan bloger qo`lga olindi

Jinoyat 16.03.2023, 23:40
Namanganda Telegram kanaliga turli bo`hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan bloger qo`lga olindi

Namanganda Telegram kanaliga yolg`on va bo`hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan yangiqo`rg`onlik bloger tovlamachilik ustida qo`lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro blogerni ustidan tuman IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Telegram`da rasmiy maqomga ega bo`lmagan kanallardan birida 25-26 fevral hamda 2 mart kunlari shaxsiy rasmlarni joylagan holda turli xil bo`hton, tuhmat ma`lumotlar tarqatayotgani va bu xabarlarni tarqatishda shu tumanda yashovchi blogerdan gumon qilib u bilan uchrashib suhbatlashganini bildirgan. Bloger esa kanal adminstratoriga aloqaga chiqib mazkur masalani hal qilib berishini va buning evaziga 600 dollar talab qilayotganini ma`lum qilgan.

Arizaga asosan Namangan IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidruv boshqarmasi hamda Yangiqo`rg`on IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida bloger o`z xizmat xonasida arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar va 1 150 000so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu bloger yana bir necha fuqarolardan ham salbiy axborotlarni kanalidan chiqarish evaziga pul talab qilib kelganligi ma`lum bo`ldi.

O`zini bloger deya atab kelayotgan shaxs 2020 yil JKning  168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan. Firibgarlikdan tovlamchilikka o`tgan ushbu shaxsga nisbatan Yangiqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1