O`zbekistonda ikkita yangi bank ochiladi

Iqtisodiyot 17.03.2023, 13:57
O`zbekistonda ikkita yangi bank ochiladi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “APEX BANK” AJ va “HAYOT BANK” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. 

Shu tarzda respublikamizda faoliyat ko`rsatuvchi tijorat banklari soni 34 taga etdi.

Eslatib o`tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida Markaziy bankning tegishli qarori bilan “Turkistonbank” va “Hi-tech bank”dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalar olib qo`yilgan edi. Bunga sabab ikkala bank tomonidan “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonunning 54- va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgani bunga sabab sifatida keltirilgan.

Lisenziyalari bekor qilingach “Turkistonbank"ning 368 mlrd so`m atrofida, “Hi-tech bank”ning esa taxminan 5 mlrd so`m aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1