Uzun va Karmana tumanlarda kredit mablag`larini o`zlashtirgan rahbarlar ushlandi

Jinoyat 17.03.2023, 16:06
Uzun va  Karmana tumanlarda kredit mablag`larini o`zlashtirgan rahbarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun va  Karmana tumanlari bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

“Sh.A.” MChJ rahbari Sh.B. va “S.I.” xususiy korxonasi rahbari Sh.T.bilan o`zar til biriktirib, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 70 000 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag`ini go`yoki ushbu mahsulotlar etkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, “A.Q.” MChJ rahbari K.A va “J.E.” MChJ rahbari F.M. qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 800 mln so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan “Qishloq qurilish bank” hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.F.” MChJ mas`ul shaxslari va boshqalar maishiy texnika va qurilish materiallarini xarid qilish uchun ushbu bank filialidan ajratilgan 546,6 mln so`m kredit mablag`ini boshqa maqsadlarda sarflab, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1