Si Szinpin Shavkat Mirziyoevni Navro`z bilan tabrikladi

Siyosat 20.03.2023, 17:11
Si Szinpin Shavkat Mirziyoevni Navro`z bilan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Prezident janoblari!

O`zbekistonning milliy bayrami – Navro`z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o`z nomimdan Sizni va O`zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g`oyat mamnunman.

O`tgan yili sentyabr oyida O`zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chog`ida bo`lib o`tgan do`stona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi o`laroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yanada rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qo`shma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

Men Xitoy – O`zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e`tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz O`zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga ko`tarishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog`lik-salomatlik, mas`uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Do`st O`zbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor bo`lsin!

Ehtirom ila,

 

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1