1

O`zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o`rtasidagi bitim muddati uzaytiriladi

Siyosat 20.03.2023, 19:56
O`zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o`rtasidagi bitim muddati uzaytiriladi

O`zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Fransiya huquq himoyachisi o`rinbosari, mediasiya bo`yicha bosh delegat Daniel Agasinski o`rtasida onlayn-uchrashuv takil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

Qayd etilishicha, uloqot avvalida fransuz tomoniga fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, Oliy Majlisining inson huquqlari bo`yicha vakili — ombudsman faoliyati haqida batafsil ma`lumot berilgan.

Shu bilan birga Fransiyaning Inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi vakolatli organlarining tajribasini o`rganish, ular bilan hamkorlikni mustahkamlash, Fransiya huquq himoyachisi instituti tajribasini o`rganish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Jumladan, 2008 yilning iyunida O`zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o`rtasida Hamkorlik to`g`risida bitimni amal qilish muddati tugagani sababli bitimni yangilash taklifi ilgari surilgan.

O`z navbatida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirgani. Uchrashuv yakunida yaqin kunlarda ikki davlat ombudsmanlari o`rtasida navbatdagi uchrashuvni o`tkazish to`g`risida kelishib olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1