1

Bayden atrofni ifloslantirishdan boshqa hech narsa qilmayapti — Tramp

Dunyo 22.03.2023, 11:03
Bayden atrofni ifloslantirishdan boshqa hech narsa qilmayapti — Tramp

AQShning sobiq prezidenti o`zi taxmin qilganidek, hibsga olinishi oldidan jahl ustida tvit qoldirdi. Bu haqda zamon.uz  xabar bermoqda.

“Xitoy, Rossiya, Eron, KXDR va boshqa uncha do`stona bo`lmagan davlatlar dunyoni bo`lish bilan band bo`lgan bir paytda bizning qachonlardir buyuk davlat bo`lgan Amerika Qo`shma Shtatlarimiz shunchaki o`tirib kuzatmoqda. Biz endi chegaralari ochiq, saylovlari soxta va inflyasiyasi ulkan bo`lgan davlatmiz. Bizning “etakchimiz” eyish, ichish va atrofni ifloslantirishdan boshqa hech narsa qilmayapti”, — deb yozgan Tramp o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tramp Oq uyga qaytish yo`lida kuch to`plamoqda. Ijtimoiy tarmoq orqali u o`z tarafdorlarini saylovdagi raqibi — demokratik partiyaning “iflos siyosiy o`yinlariga qarshi” norozilik aksiyasiga chiqishga chaqirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1