1

"Go`zal Ukraina zaminida tinchlik o`rnatilguncha Yaponiya Ukraina bilan birga bo`ladi” Yaponiya Ukrainaga 470 million dollar ajratadi

Dunyo 22.03.2023, 15:36
"Go`zal Ukraina zaminida tinchlik o`rnatilguncha Yaponiya Ukraina bilan birga bo`ladi” Yaponiya Ukrainaga  470 million dollar ajratadi

Yaponiya hukumati Ukrainaga energiya va boshqa ehtiyojlar uchun yordam sifatida 470 million dollar, halokatli bo`lmagan uskunalar uchun yana 30 million dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Kievga tashrifi yakunlari bo`yicha ma`lum qildi, uning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda Yaponiya agentligi.

"Go`zal Ukraina zaminida tinchlik o`rnatilguncha Yaponiya Ukraina bilan birga bo`ladi”, — dedi Fumio Kisida muzokaralardan so`ng Vladimir Zelenskiy bilan bo`lib o`tgan qo`shma matbuot anjumanida.

Bundan tashqari, Fumio Kisida Ukraina prezidentini G7 sammitida onlayn tarzda ishtirok etishga taklif qildi. Xabarlarga ko`ra, bu taklif qabul qilingan.

Yaponiya bosh vaziri 21 mart kuni Ukrainaga keldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1