1

O`zbekiston fuqarolarini boshqa davlatga bermaydi, xorijdagi yurtdoshlarmizga g`amxo`rlik ko`rsatadi - siyosatshunos

Jamiyat 22.03.2023, 19:47
O`zbekiston fuqarolarini boshqa davlatga bermaydi, xorijdagi yurtdoshlarmizga g`amxo`rlik ko`rsatadi -  siyosatshunos

Yangi tahrirdagi  Konstitusiyaning 23-moddasida davlat o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko`rsatishni kafolatlashi,O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emasligi, davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to`g`risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g`amxo`rlik qilishi bo`yicha o`ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilandi.

Shuni ta`kidlash kerakki, so`ngi yillarda O`zbekistonda  inson huquqlari ta`minlash  bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilganligi ishlar o`zining ijobiy natijalarini bera  boshladi. Mamlakatimizning salohiyati nafaqat mamlakat  ichkarisida  balki tashqaridagi fuqorolarimizni huquqlarini himoya qilishning yangi  bosqichiga ko`tarildi.

Masalan, turli sabablar yoki sharoit taqozosi bilan qaysidir yurtdoshimiz chet elda qandaydir jinoyatga aralashib qolgan, deylik. U boshqa davlatning so`rovi yoki o`zaro yordam ko`rsatish kelishuviga ko`ra O`zbekistonda qo`lga olindi. Shunday holatlarda jinoyat sodir etilgan davlat uni o`zlariga berishni so`ragan taqdirda ham davlat o`z fuqarosini himoyasiga oladi va uni ekstradisiya qilishga yo`l qo`ymaydi. Ya`ni jinoyatchi boshqa davlatga  berib yuborlmaydi. Bu degani jinoyatchi jazosiz qolishini anglatmaydi. Boshqacha aytadigan bo`lsak, xalqaro shartnomalarga asosan, davlatlar o`z fuqarolarini ushlab berishni rad etishi jinoyatchini jazosiz qolishini anglatmaydi. Ana shu modda Konstitusiya bilan mustahkamlanmoqda. 

Qayd etish lozimki, keyingi yillarda birinchi marta xorijdagi  fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish bo`yicha kompleks ishlar amalga oshirildi. Jumladan,O`zbekiston  hukumati diplomatik korpus, fuqorolik jamiyati vakillari hamda uzoq va yaqin davlatlarda faoliyat olib borayotgan xorijiy yurtdoshlarimiz bilan o`ziga xos  turli uchrashuvlar, forumlar, tadbirlarni muntazam ravishda o`tkazib kelmoqda. 

Bugungi kunda, O`zbekiston fuqarolari va o`zbek diasporasi Afg`oniston (1,5 mln.), Rossiya (2 300 000), Tojikiston (1,2 mln.), Qirg`iziston (964 000), Qozog`iston (638 000), Turkmaniston (500 000), Turkiya (75 000), AQSh (100 000), Pokiston (70 000) va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladi. Chet ellarda taxminan 500 dan ortiq o`zbek milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritadi. Vatandoshlarimiz bilan fan va madaniyat sohasida, hamda mamlakatimizning investision va  turistik imkoniyatlarini ilgari surish bo`yicha O`zbekiston fuqorolarini  xorijda  mehnat faoliyatiga samarali yordam  berish yuzasidan sherikchilik yo`lga qo`yildi. Ayni shu yo`nalishda hukumatimiz tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamkorlik qilishi sohasida O`zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Unga muvofiq, davlat o`z fuqarolarini, jumladan chet elda ishlab istiqomat qilayotganlarni o`z holiga tashlab qo`ymaydi, ular bilan aloqalarni rivojlantiradi va doimiy himoyalaydi. 

Jo`raev Sayfiddin Axmatovich, Toshkent davlat sharqshunoslik Universiteti xalqaro munosobatlar kafedrasi professori, siyosatshunoslik fanlari  doktori.

Yangi tahrirdagi  Konstitusiyada davlat o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolariga g`amxo`rlik qilishi bo`yicha qator yangi majburiyatlar belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1