1

Janubiy Koreya va AQSh o`rtasidagi keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlar iyun oyiga rejalashtirilgan

Dunyo 22.03.2023, 20:02
Janubiy Koreya va AQSh o`rtasidagi keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlar iyun oyiga rejalashtirilgan

Janubiy Koreya va Qo`shma Shtatlar iyun oyida o`z tarixlaridagi eng yirik qo`shma o`q otish mashqlarini o`tkazishni rejalashtirmoqda

Mashqlar uchun har ikki tomon yuqori texnologiyali harbiy texnikalarni safarbar qilmoqda, deya xabar bergan harbiy idora.

"Bu mashg`ulotlar ittifoqchilarning birdamligini mustahkamlash, ularning qurolli kuchlarining texnologik ustunligini namoyish etish va “harakat va kuch yo`li bilan tinchlikka erishish”ga e`tibor qaratishdan iborat”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Ma`lum qilinishicha,  bu ikki ittifoqchi bunday harbiy ommaviy qo`shma mashqlarni ko`p marotaba o`tkazishgan. Oxirgisi 2017 yilda bo`lib o`tgan.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, Seul ham sentyabr oyi oxirida AQSh harbiylari ishtirokida Janubiy Koreya Qurolli kuchlari kunini nishonlash marosimini o`tkazishga tayyorlanmoqda.

Shu tariqa, janub Shimoliy Koreya tahdidlarini ushlab turish va ularga javob berish uchun alyansning “eng katta” imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi.

Ittifoqchilar Koreya yarim orolida BMT qo`mondonligi mudofaa vazirlari bilan birgalikdagi ilk uchrashuvini o`tkazishni rejalashtirmoqda.

1953 yil oktyabrda Janubiy Koreya va AQSh o`zaro mudofaa shartnomasini imzolashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1