1

"Alloh uchun kambag`allar qarzlarni uzib qo`ysangiz, eng katta savob amalni bajargan bo`lardingiz"

Jamiyat 22.03.2023, 20:57
"Alloh uchun kambag`allar qarzlarni uzib qo`ysangiz, eng katta savob amalni bajargan bo`lardingiz"

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla fuqarolarni Ramazon oyi bilan  tabrikladi.

"Muhtaram yurtdoshlar, qadrli mo`min-musulmonlar. Ramazon sharifni qut-baraka qilgan Alloh taologa hamd-u sanolar bo`lsin. Ushbu oyni yaxshiliklar mavsumi deya uni g`animat bilishga undagan Rasulimizga salovat-u salomlarimiz bo`lsin.

Azizalar, barcha mo`min-musulmonlarni, jonajon xalqimizni O`zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolar kengashi va o`z nomimdan muborak Ramazon oyi bilan chin qalbdan tabriklayman. Alloh taolo ushbu oyda qiladigan toat ibodatlarimizni, duo-yu iltijolarimizni mustajab aylasin.

Ertadan butun musulmon dunyosida muborak  Ramazon oyi boshlanadi. Har yili yurtdoshlarimiz ushbu oyni ko`tarinki kayfiyatda katta tayyorgarlik bilan kutib oladi.

Mohi rahmonda ado etiladigan solih amallar evaziga mo`min-musulmonlar ajr savobga erishadilar. Alloh taolo farz qilgan ro`za tutiladi. Masjudlarda Tavoreh namozlari o`qiladi. Hayriya ishlari amalga oshiriladi. Quvonarlisi, bu yil yurtimizda 1500 dan ziyod masjidlarimizda Tavoreh namozlarimizda hatmi Qur`on o`qiladi.

Alloh nasib etsa Ramazon oyining 27-kechasi, ya`ni Qadr kechasida hatmi Qur`onlar yakunlanib, bir vaqtning o`zida bir necha million xalqimiz haq Taologa duo qiladi.

Mana shunday jamul-jam ibodatlardan keyin yurtimiz yanada ravnaq topadi, hayotimiz farovon bo`ladi.

Har bir mo`min banda bu oyga etganda yaxshi ishlar qilishga intiladi. Chunki bu oyda qilgan savobning ko`lami,  boshqa oylarnikidan ulug`dir. Ramazonda qilingan ishlarni ajri ortadi. Bu oyda qilingan hayr ishlarni darajasi 70 ga ko`tariladi. Ramazon oyi Qur`on nozil qilingan oydir. Bu oyda mo`minning rizqi ko`paytirib beriladi. Har bir banda bu oyda odamlar bilan yaxshi munosabatda bo`lishga intilishadi.

Ramazon oyining barakasidan har bir xonadon bahramand bo`lsin", - deya ta`kidladi domla.

"Mahallangizdagi do`konga ko`pincha kambag`allar, beva-bechoralar biron-bir mahsulotni sotib olib, unga to`lov qilolmaganidan daftarga yozdirib qo`yishadi. Boy-badavlat kishilarimizdan iltimos qilgan bo`lardikki, siz hech kimga bildirmasdan, Alloh uchun o`sha daftardagi qarzlarni uzib qo`ysangiz, eng katta savob amalni bajargan bo`lardingiz", - deya alohida ta`kidlab o`tdi Muftiy hazratlari.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1