⚡️O`zbekistonda 5 ballik zilzila sodir bo`ldi

Jamiyat 23.03.2023, 01:16
⚡️O`zbekistonda 5 ballik zilzila sodir bo`ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 23.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 01:07 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo`yicha 20:07 da) Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.

Farg`ona viloyatida 5 ball, 192 km.

Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.

Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.

Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.

Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.

Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.

Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.

Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.

Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.

Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1