1

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin

Jamiyat 23.03.2023, 08:06
Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1