1

Toshkent shahar IIBB Ramazon oyi munosabati sabab e`lon bilan chiqdi

Jamiyat 23.03.2023, 08:46
Toshkent shahar IIBB Ramazon oyi munosabati sabab e`lon bilan chiqdi

Toshkent shahar IIBB Ramazon oyi munosabati bilan e`lon bilan chiqdi.

Aytilishicha, Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo`llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi.

Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha:

— Tepa masjidi Do`rmon yo`li ko`chasidan Olimlar ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Bektemir tumani bo`yicha:

— Alibek masjidi M.Avezov ko`chasidan X.Boyqaro ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo`yicha:

— Islom ota masjidi Farg`ona yo`li ko`chasi ikkinchi darajali yo`ldan Zarkent va Obishir ko`chalariga qadar harakat cheklanadi.
— Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho`lpon ko`chasidan Salohiyat ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani bo`yicha:

— Valixo`ja o`g`li Norxo`ja masjidi Yangi-Quyliq-Fayziobod ko`chalari kesishgan chorraxadan Fayziobod 5-tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.
— Quyliq ota masjidi TXAY-Quyliq ota ko`chalari kesishgan chorrahadan Yangi Quylik tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo`yicha:

— Ma`ruf ota masjidi Choshtepa ko`chasidan Chosh tepa 1-tor ko`chasiga qadar harakat cheklanadi. (Temir panjara - 20)
— No`g`ayqo`rg`on masjidi Yangi Sergeli–Nug`ayqo`rg`on KXAY-Sag`bon chorrahasidan Nurafshon-Sag`bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani:

— Usmon bin Ma`zum masjidi KXAY-Fayzli Toshkent chorraxasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorraxasidan Yakkasaroy-Bog`u-bo`ston chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Rakat masjidi J.Shoshiy ko`chasidan Askiya ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani:

— Niyozmat ota masjidi TXAY-Binokor chorraxasidan Pastdarxon maxallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayhontoxur tumani bo`yicha:

— Shayx Zayniddin (Ko`kcha) masjidi Ko`kcha Darvoza-Nurafshon chorraxasidan Ko`kcha Darvoza Beshqayrag`och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Komolon masjidi Bunyodkor-Komolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo`yicha:

— Xastimom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Islomobod masjidi KXAY-Sag`bon chorrahasidan Nurafshon-Sag`bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Do`stjonboy (Sulola) masjidi Sag`bon-Sag`bon 12-tor chorrahasidan Keles yo`li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo`yicha:

— Mirza Yusuf masjidi Bog`ishamol ko`chasida Shivli ko`chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo`yicha:

— Abdullox ibn Mas`ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko`chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi
— Xazrati Ali masjidi Nazarbek-Maxorat chorrahasidan Nazarbek-Zamahshariy 1-tor ko`chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo`yicha:

— Novza masjidi Bunyodkor-Muqumiy most tagidan Oliy Majlis qarshisigacha qadar harakat cheklanadi.
— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So`galli ota ko`chasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Ubay ibn Ka`f (Bo`rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko`chasidan Katta Xirmontepa ko`chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1