Moldova davlat tilini rasman moldovanchadan ruminchaga alishtirdi

Dunyo 23.03.2023, 09:38
Moldova davlat tilini rasman moldovanchadan ruminchaga alishtirdi

Moldova prezidenti Mayya Sandu rumin tilini respublikaning rasmiy tiliga aylantirish haqidagi qonunni imzoladi.

«Bugun men tarixiy adolatni tasdiqlovchi qonunni imzoladim: endi Moldovaning davlat tili rumin tili bo`ladi»,– deb yozdi Sandu shzining Facebook sahifasida.

Mamlakat rahbari moldovaliklar endi Evropa Ittifoqining rasmiy tillaridan birida muloqot qilishlarini ta`kidladi. U rumin tilini «jamiyatni mustahkamlash uchun katalizator» vazifasini o`tab berishiga ishonch bildirdi.

«Bizga o`nlab yillar davomida Moldova fuqarolari, rumin tilida emas, moldova tilida gaplashishi kerakligini aytganlar. Bundan faqat birgina maqsad ko`zlangan – xalqlarni ajratish. Ya`ni, bo`lingan xalqni bo`ysundirish va nazorat qilish maqsadi bo`lgan.

Bizni bo`lib yubormoqchi bo`lganlar lingvistika haqida emas, qanday qilib Moldovani doimiy ravishda milliy qarama-qarshilikda ushlab turishni o`ylaganlar», – deydi Sandu.

O`tgan payshanba kuni mamlakat parlamenti 58 deputatning ovozi bilan davlat tili nomini moldova tilidan rumin tiliga o`zgartirishni ma`qullagan edi. Endi mamlakat qonunchiligiga, hatto konstitusiyaga ham o`zgartirishlar kiritiladi, garchi bu odatda referendumni talab qilsa ham.

Ma`lumot uchun, Ruminiya Evropa Ittifoqiga a`zo. Moldova esa 2022 yildan beri ittifoq a`zoligiga nomzod davlatdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1