1

O`zbekistondagi "zaprvaka"larda AI-100 markali benzin paydo bo`ldi

Iqtisodiyot 21.10.2023, 10:36
O`zbekistondagi "zaprvaka"larda AI-100 markali benzin paydo bo`ldi

Bugun, 20 oktyabrdan boshlab “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "UNG Petro" MChJga qarashli AYoQShlarda AI-100 markali avtobenzin sotuvi boshlandi. Bu haqda mazkur AYoQSh rasmiy kanalida xabar qilindi. Ushbu ma`lumot "O`zbekneftgaz" matbuot kotibi tomonidan ham tasdiqlandi. 

Matbuot kotibidiga ko`ra, mazkur markadagi benzin narxi 15.800 so`mni tashkil etmoqda.  

Mazkur import mahsuloti hozircha poytaxtdagi Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho`pon-ota hududidagi mavjud AYoQShlarda sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o`tamiz, sal avval O`zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshishi haqidagi xabarlar "O`zbekneftgaz" tomonidan asossiz deb topilgan edi. Shuningek, kuni kecha taqchilligi kuzatilgan AI-80 markali benzin bugundan jamiyatga qarashli barcha AYoQShlarda bo`lishi xabar qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1