“Tolibon” etakchilari Shavkat Mirziyoevning Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi Afg`oniston bo`yicha nutqini olqishladi. Bu haqda “Tolibon” matbuot kotibi Zabiulloh Mujohid xabar berdi.
Mujohidning ta`kidlashicha, Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni o`rnatishda mintaqa davlatlari hamkorligi muhim ahamiyatga ega. U tinchlik va barqarorlik uchun qo`shni davlatlarning Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalari zarurligini aytdi.
“Mintaqa Afg`onistonga hozirgi barqarorlikda yordam berishi va hamkorlik qilishi, yaratilgan yoki o`ylab topilgan muammolarning oldini olishi kerak. Ikkinchidan, Afg`oniston Islom Amirligi bilan mustahkam diplomatik aloqalarni tiklashi kerak”, — dedi Mujohid.