Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so`ng, Oliy martabali mehmon o`zi uchun ajratilgan qarorgohga jo`nab ketdi.
Bugun, 9 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o`tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko`p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan.