Bugun, 9 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar qilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so`ng, Oliy martabali mehmon o`zi uchun ajratilgan qarorgohga jo`nab ketdi.