1

O`zbekistonning 16 ta shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

Sport 15.11.2023, 09:14
O`zbekistonning 16 ta shahrida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi

19 noyabr kuni O`zbekistonning 16 ta shahrida mamlakat tarixining eng muhim sanalaridan biri – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini qabul qilish kuniga bag`ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo`lib o`tadi. Ushbu kuni mamlakatning har bir fuqarosi, O`zbekiston ravnaqi, suvereniteti va milliy davlatchiligi g`oyalari yo`lida millatni birlashtirishga qaratilgan vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga qo`shilishi mumkin.

Vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida: Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, "Asaka bank" ATV, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Yoshlar siyosati va srort vazirligi, «O`zbekneftgaz» AJ va O`zbekiston Engil atletika federasiyasi ishtirok etmoqda.

Mamlakatning bosh ramzi Andijon, Namangan, Farg`ona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G`uzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlari yashovchilari tomonidan markaziy ko`chalar bo`ylab olib o`tiladi. Poytaxtda start va finish zonasi Humo Arena sport-muz majmuasi maydonida joylashadi. Musobaqaning tasdiqlangan konsepsiyasiga ko`ra, barcha shaharlarda yagona masofa 3 km, Toshkentda esa 3 km va 10 km ni tashkil qiladi.

“O`zbekistonda ommaviy sport va yuqori natijalarga erishish uchun faol platforma yaratilgan, – dedi O`zbekiston Engil atletika federasiyasi raisi o`rinbosari Andrey Abduvaliev, - Bir kun avval qit`amizning eng kuchli yuguruvchilari o`rtasida o`tkazilgan yarim marafon bo`yicha eng nufuzli Osiyo chempionatida sportchilarimiz kumush medalni qo`lga kiritdi. Sportchilarimiz erishayotgan yuksak natija mamlakatimiz rahbariyati, sport marafonlari va ommaviy yugurish musobaqaslarining tashkilotchilari, yugurish klublari hamda O`zbekiston engil atletika federasiyasi tomonidan sportni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar samarasidir”.

Davlat bayrog`i qabul qilingan kunni nishonlashga shuningdek boshqa mamlakatlardan sportchilar va yuguruvchilar ham qo`shilishlari mumkin. Eslatib o`tamiz, O`zbekiston engil atletika federasiyasining tashabbusi bilan 2023 yilda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi xalqaro maqomga ega bo`lib, musobaqada ishtirok etish uchun Qozog`iston, Tojikiston va Qirg`izistondan sportchilar hamda yugurish klublari ishtirokchilari taklif etiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi Vorld Athletiss Xalqaro engil atletika federasiyalari assosiasiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o`tkaziladi.

Barcha shaharlarda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi bir vaqtda, ertalab soat 07:30 da boshlanadi. Tashkilotchilar ta`kidlaganidek, Bayroq kunini sport yugurish muhitida nishonlash hamjihatlik va do`stlik kayfiyatini yaratadi va unda yosh cheklovlaridan qat`i nazar, butun oilalar ham ishtirok eta oladi. Yosh ishtirokchilar uchun tavsiya etilgan yosh: 9 yosh.

Toshkent shahridagi ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etuvchi yugurish havaskorlari va sportchilar uchun itisket.uz saytida pullik ro`yxatdan o`tish jarayoni ochildi. Ro`yxatdan o`tish uchun havola:https://iticket.uz/ru/events/other-events/yangi-nafas20/28240 . 3 km masofaga yugurishda ishtirok etish narxi – 99 ming so`m, 10 km masofaga – 149 ming so`mni tashkil qiladi.

Ro`yxatdan o`tganlarga ishtirokchining start paketi 17 va 18 noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahar, I.Karimov ko`chasi, 98-a manzilida joylashgan Engil atletika federasiyasi binosida beriladi (ma`lumotlar uchun telefon +998951420184).

Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi: 

•        chipga ega start ko`krak nishoni;

•        kepka;

•        futbolka (longsliv).

Start paketini olish uchun ularni berish punktiga shaxsan kelish va ro`yxatdan o`tgan ishtirokchining QR-kodini taqdim etish kerak bo`ladi.

3 va 10 km masofalarga yugurish bo`yicha g`oliblar 18 yoshdan 35 yoshgacha, 35 yoshdan 55 yoshgacha va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar o`rtasida yosh toifalari bo`yicha aniqlanadi hamda ommaviy yugurish musobaqasining eng yosh va eng keksa ishtirokchilari ham alohida sovg`alar bilan taqdirlanadi. Yuguruvchilar «Absolyut» va «Havaskor» toifalarida sovrinlar uchun kurash olib boradilar.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun ham maxsus nominasiyalar ajratiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga harbiy xizmatchilar ham qo`shilib, ular uchun harbiy oliy o`quv yurtlari o`rtasida eng yaxshi natijalar uchun maxsus nominasiyalar belgilab berilgan.

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining Toshkentdagi bosqichining g`oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti jamg`armasi ajratilgan:

•        1-o`rin uchun - 3 000 000 so`m,

•        2-o`rin uchun - 2 000 000 so`m,

•        3-o`rin uchun -1 000 000 so`m

Toshkentda g`oliblar taqdirlanishi 19 noyabr kuni, soat 11:00 da «Paxtakor» sport majmuasi Engil atletika federasiyasi stadioni hududida bo`lib o`tadi. Viloyatlarda pul mukofoti Tashkiliy qo`mitalar tomonidan shakllantiriladi.

10 km va 3 km masofaga yugurishda finishga etib kelgan barcha ishtirokchilar maxsus medallar bilan taqdirlanadi (10 km masofaga yugurishda qatnashgan sportchilar va havaskorlar belgilangan vaqt ichida masofani bosib o`tishlari kerak).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1