Qozog`iston, Ozarbayjon va O`zbekiston "yashil" energiya eksporti bo`yicha texnik shartlar va qo`shma korxona tuzishga kelishib oldi.
Tegishli kelishuvga Ozarbayjon, O`zbekiston va Qozog`iston energetika va iqtisodiyot vazirlarining Boku shahrida bo`lib o`tgan uchrashuvida Markaziy Osiyo davlatlaridan Ozarbayjon hududi orqali Evropaga elektr energiyasini eksport qilish istiqbollarini muhokama qilish asnosida erishildi.
Uchrashuv yakunlari bo`yicha boshqarmalar rahbarlari qo`shma kommyunikeni imzoladilar, unda mamlakatlarning qayta tiklanadigan energetika sohasidagi salohiyati hamda muqobil manbalardan olinadigan elektr energiyasini Evropaga eksport qilish loyihasiga qo`shilishga tayyor ekanliklari qayd etildi.
Ishtirokchilar qayta tiklanadigan energiya manbalariga e`tibor qaratgan holda energiya almashinuvi sohasida hamkorlik bo`yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish bo`yicha qo`shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnik shartlar asosida dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bo`yicha tender e`lon qilinadi. Ishtirokchilar, shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun qo`shma korxona yaratish istiqbollarini o`rganishga kelishib oldilar.
Iqtisodiyot va energetika vazirlari darajasidagi navbatdagi yig`ilish O`zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.