1

O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berish 50 foizga kamaydi

Iqtisodiyot 23.11.2023, 20:31
O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berish 50 foizga kamaydi

Afg`oniston milliy elektr kompaniyasi O`zbekistondan elektr energiyasi etkazib berish ikki baravar qisqarganini ma`lum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

DABS ma`lumotlariga ko`ra, eksportning kamaygani O`zbekistondagi energetika infratuzilmasini ta`mirlash ishlari bilan bog`liq. Balx, Samangon, Bag`lon, Parvon, Kapisa, Panjsher, Kobul, Nangarhor, Lag`mon, G`azni, Maydon-Vardak, Logar, Paktiyo va Xost viloyatlari aholisi elektr ta`minoti muddatlari qisqarishi haqida ogohlantirilgan. 

“Bugun (23 noyabr) elektr energiyasini etkazib berish normal holatga qaytishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1