1

Jizzaxda O`zbekiston -Rossiya qo`shma korxonasi ish boshladi

Iqtisodiyot 28.11.2023, 22:37
Jizzaxda O`zbekiston -Rossiya qo`shma korxonasi ish boshladi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bunyod etilgan “BMB-NRC Agrologistics” agrologistika markazi O`zbekiston -Rossiya hamkorligidagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Bugun, mazkur korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirildi.

40 gektar hududni o`z ichiga olgan markaz qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash kabi xizmatlarni o`z ichiga oladi.

Ochilish marosimida Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o`rinbosari Islom Jasimov ishtirok etdi.

Tadbir davomida, qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi 150 dan ortiq yirik korxona vakillari tomonidan hududlarning eksport salohiyatini namoyish etuvchi ko`rgazma tashkil etildi. Ekspozisiyalarni ko`zdan kechirish chog`ida eksportyorlar va importyorlar o`rtasida amaliy muloqotlar bo`lib o`tdi.

Umumiy loyiha qiymati 709,71 milliard so`mni tashkil etgan kompleks qurilishi uch bosqichli modul ko`rinishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo`lib, loyiha to`liq ishga tushirilgach 810,0 ming tonna qishloq xo`jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkonini beradi.

Eng muhimi, hozirning o`zidayoq 180 nafar doimiy, 400 nafardan ziyod mavsumiy ish o`rinlari yaratila boshlagan. Majmua to`liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 410 nafar doimiy, 1 500 ga yaqin mavsumiy ish o`rinlari yaratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1