O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 dekabr kuni Qatar Davlatining Qonun ustuvorligini ta`minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlatimiz rahbariga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.
O`zbekiston bilan Qatar o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O`zaro savdo va investisiyalar hajmi ortmoqda, yirik qo`shma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Bo`lajak muhim xalqaro tadbir – Qatar Amiri tashabbusi bilan ta`sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun” global mukofotini topshirish marosimini O`zbekistonda o`tkazishga tayyorgarlikning borishi ko`rib chiqildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo`shma ta`lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.