1

Ilk bor ikki nafar o`zbekistonlik taekvondochi reyting orqali Olimpiadaga yo`l oldi

Sport 18.12.2023, 08:56
Ilk bor ikki nafar o`zbekistonlik taekvondochi reyting orqali Olimpiadaga yo`l oldi

Butunjahon taekvondo federasiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun lisenzion reyting ochkolarini jamg`arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo`llanmasini qo`lga kiritgan sportchilar nomini e`lon qildi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Ulug`bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo`llanmalariga ega bo`lishdi.

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz birinchi bor reyting orqali 2 ta yo`llanmaga ega bo`lishdi. Shuningdek, qizlar ham ilk marotaba to`g`ridan to`g`ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1