1

Rossiya va Belarus sportchilariga 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat berildi

Sport 19.12.2023, 22:02
Rossiya va Belarus sportchilariga 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etishiga ruxsat berildi

Rossiya va Belarus sportchilari 2024 yilda Parijda bo`lib o`tadigan o`yinlarda neytral maqomda ishtirok etishlari mumkin bo`ladi. Bunday qaror Xalqaro olimpiya qo`mitasi Ijroiya qo`mitasi tomonidan qabul qilingan.

O`yinlarda faqat shaxsiy sport turlari bo`yicha sportchilar ishtirok etishlari mumkin, jamoaviy bahslarda Rossiya va Belarus sportchilaridan iborat jamoalar bo`lmaydi.

Shuningdek, ular Olimpiadaga qo`yilmaydi.

Shuningdek, Ukrainaga bosqinni ommaviy ravishda qo`llab-quvvatlagan va qurolli kuchlar bilan amaldagi shartnomaga ega bo`lgan ruslar va belaruslar Olimpiadaga qo`yilmaydi.

Olimpiadaga Rossiya va Belarus rasmiylari va sport amaldorlaridan hech biri taklif qilinmaydi.

XOQning aniqlik kiritishicha, hozirda faqat sakkiz nafar rossiyalik va uch nafar belarusiyalik sportchi Olimpiadaga yo`llanma olgan. 

2022 yilda Pekinda va 2021 yilda Tokioda bo`lib o`tgan Olimpiadada ham rossiyalik sportchilar neytral maqomda ishtirok etishgan. 

Eslatib o`tamiz, 2024 yilgi Olimpiada Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1