1

Raqsga tushgan "kattalar", taqdirlash va shou-konserti...(foto va video)

Sport 24.12.2023, 19:18
Raqsga tushgan "kattalar", taqdirlash va shou-konserti...(foto va video)

Avval xabar berganimizdek, bugun “Milliy sport mukofoti-2023” taqdirlash marosimi o`tkazildi. Unda bir qancha nominasiyalar bo`yicha sovrinlar egalariga topshirildi.

Tadbir avvalida yil davomi faol ishlagan quyidagi sport maktablari taqdirlandi:

Eng yaxshi sport maktablari:

1. Navoiy shahar 1-son sport maktabi;

2. Buxoro tuman sport maktabi;

3. Xonqa tumani sport maktabi;

4. Mirobod tumani 1-son sport maktabi.

Eng yaxshi ixtisoslashtirilgan sport maktablari:

1. Samarqand viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;

2. Farg`ona viloyati sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;

3. Toshkent shahar suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi;

4. Namangan viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.


Tadbirning birinchi blokida:

Yil kashfiyoti: Ziyodaxon Abdusattorova (kamondan otish);

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulistan Perdibaeva (qilichbozlik);

Yuksalayotgan federasiya: O`zbekiston Rowing & Canoe federasiyasi e`tirof etildi.

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Sardor Parpiev (MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokori);

Yilning eng yaxshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi;

Yilning eng yaxshi sport fotografi: Anvar Ilyasov («Dunyo» AA fotografi);

Olimpizm targ`iboti yo`lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Gulnoza Ahmadalieva (Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori);

Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Kurash bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi;

Yilning eng faol sport jamiyati: O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi sport jamiyati mukofotlandi.

Uchinchi blokdan joy olgan quyidagi nominasiyalarda g`oliblar aniqlandi:

Yilning eng faol sport blogeri: Farruh Muhiddinov («Bugun sport» instablogi asoschisi);

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Abduaziz Qurbonov «SPORT» teleradiokanali muxbiri;

Olimpiya harakatini qo`llab-quvvatlashga qo`shgan hissasi uchun: «Navoiy KMK» AJ;

Sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun (xususiy sektor): «BeFit» jamoasi.

To`rtinchi blok Paralimpiya sportiga bag`ishlandi:

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Shaxina Yigitalieva (para engil atletika);

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Dilshod Yo`ldoshev (para kanoe);

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Suv sporti turlari klubi;

Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para engil atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi;

Paralimpiya harakatini qo`llab quvvatlashga qo`shgan hissasi uchun: «Olmaliq KMK» AJ.

Yil sarhisobiga bag`ishlab o`tkazilayotgan tadbirning navbatdagi blokida quyidagi g`oliblar aniqlandi:

G`alabaga bo`lgan irodasi uchun: Sevinch Rahimova;

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O`zbekiston boks federasiyasi;

Yilning eng yaxshi sport federasiyasi: O`zbekiston futbol assosiasiyasi;

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Dzyudo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi;

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun: Go`zal Muminova.

Barcha uzoq kutgan, eng asosiy nominasiyalarda g`oliblar aniqlandi. Ular bilan tanishing:

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Asila Mirzayorova (para engil atletika);

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Xayitmurod Sherqo`ziev (para kanoe);

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Gleb Groysman (velosport bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika);

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Abdumalik Xalokov (boks).

Tadbir davomida quyidagi federasiyalar Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o`yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun taqdirlanishdi:

O`zbekiston engil atletika federasiyasi;

O`zbekiston o`q otish sporti federasiyasi;

O`zbekiston shaxmat federasiyasi;

O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi;

O`zbekiston tennis federasiyasi;

O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi;

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1