1

Bir yilda 99 ta oltin, 72 ta kumush va 149 ta bronza...(foto)

Sport 26.12.2023, 13:07
Bir yilda 99 ta oltin, 72 ta kumush va 149 ta bronza...(foto)

O`zbekistonlik dzyudochilar yakuniga etib borayotgan yilda turli yosh toifadagi xalqaro musobaqalarda jami 99 ta oltin, 72 ta kumush va 149 ta bronza medallarni qo`lga kiritdi. Bu haqda kecha Milliy Olimpiya qo`mitasida O`zbekiston dzyudo federasiyasining yillik hisobotiga bog`ishlangan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.  

Ular:  

-  3-5 mart kunlari Toshkent shahrida o`tkazilgan Parij-2024 Olimpiadasiga reyting ochkalarni taqdim etadigan "Katta Dubulg`a" turniri: 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza;

-  7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o`tkazilgan dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi 36-jahon chempionati: 2 ta kumush, 2 ta bronza (qayd etish joiz, bunga qadar hech bir jahon chempionatida O`zbekiston dzyudo terma jamoasi 4 ta medal qo`lga kiritmagan edi);

-  Vengriya mezbonligida o`tgan "Masters" turnirida esa Muzaffar To`raboev tomonidan qo`lga kiritilgan oltin medal o`n ikki yillik tarixni yangiladi. Bunga qadar faqatgina 2011 yil Rishod Sobirov "Masters" turnirida oltin medal qo`lga kiritgan edi. Shuningdek, ushbu musobaqani Davlat Bobonov va Diyora Keldiyorova bronza medali bilan yakunladi.

-  Xitoyning Xanchjou shahrida o`tkazilgan XIX yozgi Osiyo o`yinlari: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza;

-  Shuningdek dzyudochilar yil davomida 3 ta Gran Pri va 8 ta Grand Slam turnirlarida ishtirok va 8 ta oltin, 3 ta kumush va 13 ta bronza medallari, jami 24 ta medal qo`lga kiritildi.

Shuningdek anjumanda ayni vaqt o`zbekistonlik dzyudochilarning Jahon va Olimpiada reytingida egallab turgan o`rinlari e`lon qilindi. Unga ko`ra Diyora Keldiyorova Jahon va Olimpiada reytingini 3-o`rin bilan, Davlat Bobonov Jahon reytingini 4-o`rin, Olimpiada reytingini 3-o`rin, Muzaffar To`raboev Jahon reytingini 7-o`rin, Olimpiada reytingini 3-o`rin, Alisher Yusupov Jahon reytingini 3-o`rin, Olimpiada reytingini 8-o`rin, Murodjon Yo`ldoshev Jahon va Olimpiada reytingini 3-o`rin, Shahram Ahadov jahon reytingini 9-o`rin, olimpiada reytingini 5-o`rinda yakunlashmoqda.

Tadbir davomida O`zbekiston dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilov 2024 yil bundan ham katta yutuqlarga erishishni maqsad qilinganini bildirdi.

Anjuman yakunda federasiya kesimida eng yaxshilar taqdirlanishdi. Unga ko`ra, jahon chempionatining bronza, Osiyo o`yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Murodjon Yo`ldoshev, shuningdek, jahon chempionatining kumush, Osiyo o`yinlarining oltin va kumush medallari egasi Diyora Keldiyorova mos ravishda eng yaxshi erkak va ayol sportchilar sifatida e`tirof etildi. Shuningdek, boshqa bir qator yo`nalishlarda ham mukofotlar o`z egalariga topshirildi.


Oybek Shukurov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1