1

Futbol bo`yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Sport 26.12.2023, 20:48
Futbol bo`yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi

O`zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdagi hisobot Kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

Unda futbolimiz faxriysi, ayni kunlarda muborak 90 yoshni qarshi olgan Lev Viktorovich Vaxtin “O`zbek futboli nuroniysi” sovriniga loyiq deb e`tirof etildi.  

O`zbek futbolining o`tmishdagi yorqin yulduzlaridan biri, ayni paytda O`FA Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan inson — To`lagan Isoqovga “Futbol fidoyisi” sovrini topshirildi. 

Andijon FA — “Yilning eng yaxshi hududiy futbol assosiasiyasi” deb topildi.

O`tgan mavsumda “BMB” futzal jamoasi bilan birgalikda mavsum chempionligini qo`lga kiritgan mutaxassis — Nodir Elibaev mazkur sovriniga loyiq deb topildi.

O`zbekiston futzal milliy terma jamoasi etakchilaridan biri, o`tgan mavsum chempioni Husniddin Nishonov “Yilning eng yaxshi futzalchisi” sovrinini qo`lga kiritdi.

“Sevinch” klubi vakilasi Umida Zoirova “Ayollar Oliy ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo`lga kiritdi.

“Sevinch” klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan “Ayollar futboli bo`yicha yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qo`lga kiritdi.

“So`g`diyona” etakchisi Diyora Habibullaeva ketma-ket uchinchi mavsum Oliy liganing eng yaxshi to`purariga aylanmoqda. Joriy yilga kelib Diyora chempionat doirasida raqiblari darvozasiga 61 ta to`p kiritishga muvaffaq bo`ldi.

20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, O`zbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli o`yin ko`rsatib kelayotgan iqtidor egasi — Abduqodir Husanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi. 

Yurtimiz mezbonlik qilgan U-20 Osiyo kubogida jamoasi bilan birgalikda g`oliblikni qo`lga kiritgan mutaxassis Ravshan Haydarov — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga loyiq deb topildi.

O`zbekiston ayollar terma jamoasi hamda “Sevinch” klubi etakchisi Lyudmila Karachik “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrinini qo`lga kiritdi.

20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, O`zbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli o`yin ko`rsatib kelayotgan yosh iqtidor egasi — Abbosbek Fayzullaev “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1