1

Jahon chempionatining birinchi kunidagi eng yaxshi natijani Yakubboev qayd etdi

Sport 26.12.2023, 22:47
Jahon chempionatining birinchi kunidagi eng yaxshi natijani Yakubboev qayd etdi

Samarqand shahri mezbonligida o`tkazilayotgan shaxmat bo`yicha jahon chempionatining birinchi kungi bahslari yakuniga etdi.

Bugun rapid yo`nalishi bo`yicha 5 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Kun yakunlariga ko`ra, hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijani Nodirbek Yakubboev qayd etdi. U 5 imkoniyatdan 3,5 ochko to`plab, qo`shimcha ko`rsatkichlarga ko`ra 31-pog`onadan joy olgan. Turnir jadvalida 18-o`rinni egallab turgan Richard Rapport hisobida ham 3,5 ochko bor. 

Jahon chempionatini ketma-ket ikki g`alaba bilan boshlagan Nodirbek Abdusattorov afsuski, qolgan uchta partiyada bir mag`lubiyat va ikki durang naija qayd etdi. Aynan rapid yo`nalishida 2021 yilgi jahon chempioni hisoblangan Abdusattorov 3 ochko bilan qo`shimcha koefisenlarga ko`ra 56-pog`onadan joy olgan. 

Etmishinchi o`rinni egallagan Jahongir Vohidov, 77-pog`onadagi Shamsiddin Vohidov hisobida ham 3 ochko bor.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1