1

Samarqandda bo`lib o`tgan jahon chempionatida Magnus Karlsen blits va rapid bo`yicha chempion bo`ldi

Sport 30.12.2023, 22:57
Samarqandda bo`lib o`tgan jahon chempionatida Magnus Karlsen blits va rapid bo`yicha chempion bo`ldi

 Samarqand shahrida o`tgan shaxmatning blits yo`nalishi bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etdi. “Open” dasturida yana Magnus Karlsen 16 ochko bilan chempion bo`ldi. U 2 kun oldin rapid yo`nalishida ham chempion bo`lgandi. O`zi umuman Markaziy Osiyo davlatlari Magnus Karlsen uchun juda omadli bo`ldi. U o`tgan yili Olmaota shahrida o`tgan chempionatda ham rapid va blitsda chempion bo`lgandi.

Yakuniy uchlik quyidagicha ko`rinish oldi:

1. Magnus Karlsen
2. Daniil Dubov
3. Vladislav Artemiev

Ayollar orasida esa Valentina Gunina 14 ochko bilan blits yo`nalishida jahon chempioni bo`ldi. Kuchli uchlik quyidagicha ko`rinish oldi:

1. Valentina Gunina
2. Aleksandra Kostenyuk
3. Ju Jinner

Hamyurtlarimizdan esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboev 12,5 ochko bilan qayd etdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to`pladi.

Qizlar orasida esa Umida Omonova 9,5 ochko, Hamdamova Afro`za 8 ochko to`pladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1