1

V Paraosiyo o`yinlari logotipi taqdim etildi

Sport 05.01.2024, 19:01
V Paraosiyo o`yinlari logotipi taqdim etildi

2026 yilning 18-24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida Paraosiyo o`yinlari o`tkaziladi.

Musobaqa tashkiliy qo`mitasi tomonidan Paraosiyo o`yinlarining logotipi va shiori taqdim etildi. Unga ko`ra, musobaqa shiori “Bir qalbni tasavvur qiling” deb nomlanadi. Ushbu shiorni tanlashdan maqsad Paraosiyo o`yinlari orqali sog`lom va nogiron insonlar orasidagi to`siqlarni olib tashlashga yordam berish va ular o`rtasida umumiy jihatlar borligini ko`rsatishdan iboratdir. 

2026 yilgi Paraosiyo o`yinlarida qit`aning 45 mamlakatidan 4000 ga yaqin para atlet 18 sport turi bo`yicha kurash olib boradi. Bu Paralimpiya o`yinlaridan keyingi eng yirik para sport musobaqasi bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Xitoyning Xanchjou shahrida 2023 yilning 22-28 oktyabr kunlari IV Paraosiyo o`yinlari o`tkazildi. Unda O`zbekiston delegasiyasi 25 oltin, 24 kumush va 30 bronza medalini qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1