1

Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok etadimi?

Sport 05.01.2024, 20:05
Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok etadimi?

Qatardagi Osiyo kubogi start olishiga roppa-rosa 1 hafta vaqt qoldi. OFK saytida turnirda ishtirok etadigan O`zbekiston MTJning futbolchilar ro`yxati ham e`lon qilindi.

Biroq ushbu ro`yxatda Milliy terma jamoa sardori Eldor Shomurodov va Shahboz Umarov yo`q. Lekin ular keyinchalik ushbu ro`yxatga qo`shilishi mumkin.

 O`zbekiston futbol assosiasiyasi medai departamenti rahbari Davron Fayziev o`zining ishtimoiy tarmqdagi sahifasida: "Eldor Shomurodov va Shahboz Umarov bo`yicha aniqlik kiritib ketmoqchiman. OFK sayti tomonidan aynan 26 futbolchi ro`yxati so`raldi va jamoamiz vaqtincha taqdim etdi, lekin bu yakuniy qaydnoma emas. Oldinda bir necha kunlik tayyorgarlik va mashg`ulot o`yini bor. Qolaversa uchrashuv kunigacha qaydnoma o`zgarishi mumkin. Shu sababli turnirning yakuniy ro`yxati masalasi hamon ochiq. Murabbiylar shtabi barcha 28 futbolchini nazorat qilib, kuzatib bormoqda", - deya post qoldirdi.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston MTJning Osiyo kubogi doirasidagi dastlabki uchrashuvi 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi bo`lib o`tadi. 2-uchrashuv 18 yanvar kuni Hindistonga qarshi va guruh bosqichidagi so`ngi 3-uchrashuv 23 yanvar kuni Avstarlaiga qarshi o`tkazilishi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1