1

Shahram G`iyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

Sport 06.01.2024, 12:17
Shahram G`iyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

Shahram navbatdagi jangini 2024 yil 24 fevral kuni Orlandoda o`tkazadi. Bu haqda bokschining o`zi instagramdagi sahifasida ma`lum qildi. 

Raqib meksikalik bokschi—Pablo Sezar Kano. Jang g`olibi WVA kamari uchun rasmiy da`vogarga aylanadi. Ma`lumot uchun, G`iyosov prof boksda hozirgacha 14 ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan. Janglarining to`qqiztasida muddatidan ilgari zafar quchgan. Uning bo`lajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 45 ta jang o`tkazgan: 36 g`alaba, 8 mag`lubiyat va 1 durang. E`tiborlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqqan va har ikkisida mag`lub bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1