1

Farg`onada ikki fuqaroni 24 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Jinoyat 06.01.2024, 13:20
Farg`onada ikki fuqaroni 24 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro F.T. fuqarolar T.X. va M.N.ni Meksika davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 24 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.E. fuqaro D.Sh.ni Turkiya davlati orqali Angliyaga davlatiga mavsumiy ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1