1

Qarshida noqonuniy psixotrop dori vositalari sotgan dorixonalar aniqlandi

Jinoyat 08.01.2024, 13:56
Qarshida noqonuniy psixotrop dori vositalari sotgan dorixonalar aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari hamkorligida Qashqadaryo viloyatida psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi o`tkazilgan tezkor tadbirlarda sohaga doir bir qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Farmasevtika Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Qarshi shahridagi "Nika farm servis" MChJga tegishli dorixonada 160 dona “Zardeks” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasi, "ISLOM-farm-MEDIKAL" MChJga tegishli dorixonada 50 dona tabletkadan iborat "Gabaten" nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasi noqonuniy ravishda sotilganligi aniqlanib, mazkur dorixonalar xodimlari ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1