1

Og`ir atletika bo`yicha navbatdagi Osiyo chempionati Toshkentda bo`lib o`tadi

Sport 10.01.2024, 12:39
Og`ir atletika bo`yicha navbatdagi Osiyo chempionati Toshkentda bo`lib o`tadi

2-10-fevral kunlari Toshkent og`ir atletika bo`yicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma`lum qildi. 

Parij-2024 Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu turnirda qit`amizning eng sara sportchilari g`oliblik uchun bahs olib borishadi.

O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi mazkur chempionatda ishtirok etadigan sportchilarimiz nomini e`lon qildi. Unda 15 yoshli iqtidorli yosh atletlardan tortib, RuslanNurudinov, Akbar Jo`raev kabi Olimpiada chempionlari ham bor.

Erkaklar: 

-61 kg: Adhamjon Ergashev 

-67 kg: DiyorbekRo`zmetov

-67 kg: HusinboyMatrasulov

-73 kg: Doston Yoqubov

-73 kg: MuhammadqodirToshtemirov

-89 kg: SarvarbekZafarjonov

-89 kg: NursultanEsbergenov

-96 kg: SunnatillaO`sarov

-102 kg: Akbar Jo`raev

-102 kg: RuslanNurudinov

-109 kg: SharofiddinAmriddinov

+109 kg: Rustam Jangaboev

Ayollar: 

-45 kg: MunisaOdilova

-49 kg: Jamila Panfilova

-59 kg: NigoraAbdullaeva

-59 kg: LyudmilaElefteriadi

-64 kg: ShahnozaJabborova

-64 kg: Ozoda Hojieva

-71 kg: MashhuraRustamova

-81 kg: RiginaAdashbaeva

-87 kg: NigoraSuvonova

+87 kg: TursunoyJabborova.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1