1

Farg`onada mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan oilaviy korxona aniqlandi

Jinoyat 10.01.2024, 14:21
Farg`onada mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan oilaviy korxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`qon shahar bo`limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida  tezkor nazorat tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “B-M.” oilaviy korxonasi rahbari A.A. korxona ishlab sexida jami 61 ta to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog`iga ulab, 787,4 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1