1

AQSh yuborishni va`da qilib 9000 dollar olgan fuqaro qo`lga tushdi

Jinoyat 11.01.2024, 13:12
AQSh yuborishni va`da qilib 9000 dollar olgan fuqaro qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro S.S. fuqaro M.A.ni 18 000 AQSh dollari evaziga Turkiya, Qatar va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga o`tkazib qo`yishni va`da qilib, shundan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.U. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uning o`g`li D.N.ni Koreya davlatiga ishga yuborish uchun tanishlari yordamida viza olib berishi evaziga 2 600 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 300 AQSh dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1