1

Samarqandda bir ayol o`zini yoqib yubordi, yana biri esa o`zini osdi

Jinoyat 12.01.2024, 10:30
Samarqandda bir ayol o`zini yoqib yubordi, yana biri esa o`zini osdi

Samarqandning ikki tumanida o`z joniga qasd qilish holati qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 1 yanvar kuni soat taxminan 09:30 larda Payariq tumani, "Madaniyat" MFY, Qoraxoni qishlog`ida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan P.S ruhiyatidagi o`zgarish sababli o`zining yashash uyi hovlisida o`z ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, olov yoqib, o`z joniga qasd qilgan. 

Ekspertiza xulosasiga ko`ra S.Primovaning o`limi murda tanasining 100 foiz termik kuyushi oqibatida yuzaga kelganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holatda o`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish jinoyati alomatlari mavjudligi hamda bir qator tergov harakatlarini o`tkazmasdan turib qonuniy to`xtamga kelish imkoniyati yo`qligini inobatga olib, JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Shuningdek, joriy yilning 6 yanvar kuni Narpay tumani, Charxin qishlog`ida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan fuqaro  A.I. o`zining yashash uyi molxonasining bolor qismiga o`zini osib o`z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan I.Azimovaning  o`limi holati yuzasidan sud tibbiy ekspkrtiza hamda uning oila a`zolari hamda yaqin qarindoshlari tomonidan oilaviy nizolari, shuningdek, biror kishi  I.Azimovaning ustidan shikoyat qilib mahallaga og`zaki yoki yozma tartibda murojaat qilgan-qilmaganligi haqida hamda voqea sodir bo`lgan kuni yoki undan oldin  I.Azimovaning yashash xonadonida yaqin qarindoshlari yoki biror-bir kishi o`rtasida urush-janjal bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga alohida topshiriq va xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1